Toshkent shahar Yunusobod tumanida yuqori kuchlanishli simyog`ochda qisqa tutashuv sodir bo`lganligi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan "Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MChJ Matbuot xizmati munosabat bildirdi.
Joriy yil 10 iyun kuni kech soat 23:59 da Yunusobod tumani hududida joylashgan podstansiya "Aksa"dan podstansiya "Sokin"gacha uzunligi 13 kmga yaqin bo`lgan 110 kVli L-Sokin-1 yuqori kuchlanishli elektr uzatish havo tarmog`idagi eski simlar yangi zamonaviy rusumdagi havo tarmog`iga almashtirish ishlari olib borilgan.
Tunda ta`mirlash ishlari yakunlangach 110 kVli havo tarmog`iga kuchlanish berilganda, hududdagi 25-ustun (opora)dagi eski farfor chig`anoq muddati o`tganligi bois yuqori kuchlanishda singan.
Ayni vaqtda, "Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi" MChJning Yuqori kuchlanishli tarmoqlarini ekspluatasiya qilish xizmati tomonidan yuqori kuchlanishli ustunlardagi farfor chig`anoqlar yangi shisha chig`anoqlarga almashtirilmoqda.
Tuman hududida, 110 kVli havo tarmog`i orqali elektr energiyasidan uzilishlar yo`q, hudud to`liq elektr energiyasi bilan ta`minlangan.






