Toshkent shahar FVB axborot xizmati Sergeli tumanida sodir bo`lgan yong`in to`g`risida ma`lumot berdi.
Bugun, 11 iyun kuni soat 13:24 da Toshkent shahar, Sergeli tumani, 6 a-daxasidagi avtosalon oldida joylashgan avtoservisda yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko`ra, 4 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 13:33 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 13:44 da qurshab olingan va soat 13:51da o`chirilgan.
Yong`in oqibatida avtoservisning ichki qismi va ichki qismida bo`lgan 3 ta avtomobil yonib zararlangan.
Yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar to`g`risida ma`lumot kelib tushmadi. Voqea joyiga shahar va tuman FVB rahbar hodimlari chiqqan.






