AsosiyJamiyat

"Saidaziz medgorodok" va 28 kishiga oid jinoyat ishi yuzasidan sud boshlandi

'"Saidaziz medgorodok" va 28 kishiga oid jinoyat ishi yuzasidan sud boshlandi'ning rasmi

Bugun jinoyat ishlari bo`yicha Yunusobod tuman sudida S.Saidaliev va boshqalarga (jami 29 kishi) oid jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha sud jarayoni boshlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo`yicha Yunusobod tuman sudining raisi M.Mirzajonov raisligida birinchi instansiya sudida ko`rib chiqilmoqda.

Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko`ra sudlanuvchilar S. Saidaliev, M. Mirxodjaev, Sh. Samiev, A. Akramov, I. Satvaldiev, F. Alimov, R. Bobonazarov, L. Shomurodov, N. Tulyaganov, Sh. Quvatov, G`. O`rinboev, U. Maxmudov, A. Nurmatov, B. Erkinov, A. Yuldashev, S. Usmonov, D. Umirzakov, T. Abdumalikov, D. Badalov, U. Raximov, D. Xoshakov, Z. Qayumov, B. Muminov, D. Yunusov, D. Sultanov, B. Samadov, X. Riskiev, B. Rahmonov va Yo. Sotivoldiev Jinoyat kodeksining 112, 165, 168, 182, 227, 228, 229, 236, 237, 238, 242, 243, 277 va 28,211-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

28 nafar sudlanuvchiga nisbatan "qamoqqa olish" va 1 nafariga "munosib xulq atvorda bo`lish to`g`risida tilxat" tarzidagi ehtiyot choralari qo`llanilgan.

Tasdiqlangan ayblov xulosasiga ko`ra mazkur jinoyat ishi doirasida 31 nafar jabrlanuvchi va 130 nafar guvoh aniqlangan. Qo`shimcha ma`lumot sud jarayoni yakuni bo`yicha beriladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar