Bortida Malavi vise-prezidenti Saulos Chilima va yana 9 kishi bo`lgan samolyot radar ekranlaridan g`oyib bo`ldi. Bu haqda "BBC News" xabar berdi.
10 iyun Qidiruv va qutqaruv ishlari Malavi vise-prezidenti Saulos Klaus Chilima bo`lgan yo`qolgan samolyot topilmaguncha davom etadi – janubiy Afrika davlati prezidenti.
Bayonot berilishicha, 51 yoshli Chilima yana to`qqiz nafari bilan harbiy samolyot bortida bo`lgan va u poytaxt Lilongvedan ertalab soat 09:17 da jo`nab ketgan.
Unda aytilishicha, aviasiya ma`muriyatining samolyot radardan chiqib ketganidan beri u bilan aloqa o`rnatishga urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Samolyot "Mzuzu" aeroportiga ertalab soat 10:02 da qo`nishi kerak edi.
Dispetcherlar samolyot bilan bog`lana olmayapti. Hozirda qidiruv-qutqaruv operasiyasi davom etmoqda.
"Men samolyot topilmaguncha operasiyani davom ettirish haqida buyruq berdim", deydi Chakvera.
Chilima uch kun oldin vafot etgan sobiq vazir Ralf Kasambaraning dafn marosimida hukumat vakili bo`lish uchun ketayotgan edi.
Saulos Chilima 51 yoshda va 2014 yildan buyon mamlakat vise-prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda.
Malavi vise-prezidenti bo`lgan samolyot halokatga uchradi.
"Malavi vise-prezidenti bo`lgan samolyot halokati topildi, tirik qolganlar yo`q",– dedi prezident Lazarus Chakvera.
Saulos Chilima va kema bortida bo`lgan yana to`qqiz kishi aviahalokatda halok bo`lgan. Samolyot qoldiqlari deyarli bir kundan keyin topilgan.






