AsosiyDunyo

KXDR askarlari tasodifan Janubiy Koreya chegarasini buzib o`tishdi

'KXDR askarlari tasodifan Janubiy Koreya chegarasini buzib o`tishdi'ning rasmi

Shimoliy Koreya askarlari guruhi 9 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:30 atrofida chegaraning markaziy qismida ikki Koreyani ajratuvchi demilitarizasiya zonasi doirasidagi demarkasiya chizig`ini kesib o`tgan. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.

Janubiy Koreya harbiylari karnaydan ogohlantuvchi signalni chalib, o`q uzishgan. Shundan so`ng Shimoliy Koreya harbiylari ortiga qaytishgan.

Avvalroq Janubiy Koreya prezidenti mamlakat Shimoliy Koreya bilan chegarada ovoz kuchaytirgichlar qaytadan o`rnatilayotganini ma`lum qilgandi. Seul rasmiylari bu qarorni Shimoliy Koreyaning davom etayotgan “axlat hujumlari”ga javob deb atadi.

    Boshqa yangiliklar