AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekiston bo`ylab havo biroz bulutli bo`ladi

'Bugun O`zbekiston bo`ylab havo biroz bulutli bo`ladi'ning rasmi

"O`zgidromet" bugun - 12 iyun kuni O`zbekiston bo`ylab kuzatiladigan ob-havo haqda ma`lumot berdi.

Unga ko`ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o`zgaruvchanbo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 21-23°, kunduzi 35-37° bo`ladi.

QORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYaTI

Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 32-37° bo`ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli, ba`zi joylarda o`zgaruvchan bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gachakuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilankuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, cho`lhududlarda ba`zi joylarda 30-32° gacha, kunduzi 34-39°bo`ladi.

TOShKENT, SIRDARYo, JIZZAX, SAMARQAND VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli, ba`zi joylarda o`zgaruvchan bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 34-39° bo`ladi.

QAShQADARYo VA SURXONDARYoVILOYaTLARI

Havo biroz bulutli, ba`zi joylarda o`zgaruvchan bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 36-41° bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli, ba`zi joylarda o`zgaruvchan bo`ladi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 33-38° bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-16°, kunduzi 23-28° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar