O`zbekiston bilan Qozog`iston chegarasidagi ayrim o`tkazish punktlarida odamlar va transport vositalari tirbandligi kelib chiqmoqda. Mazkur holat yuzasidan Qozog`iston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo`mitasi chegara xizmati munosabat bildirdi.
Bunga Toshkent viloyatidagi “G`ishtko`prik” chegara bojxona postida avtomobil yo`lini qurish va kengaytirish ishlari sabab bo`lgan.
Shuningdek, Qozog`istonning “Tajen”, “Atameken” va “Qozig`urt” kabi chegara o`tkazish punktlarida ham rekonstruksiya ishlari davom etmoqda, “Qaponbek” nazorat-o`tkazish punkti yopilgan.
Ma`lumotga ko`ra, Qozog`iston-O`zbekiston chegarasidagi boshqa nazorat-o`tkazish punktlari odatdagidek ishlamoqda.






