AsosiyJamiyat

Toshkentda chang bo`ronlarining statistik ko`rsatkichlari tahlil qilindi

'Toshkentda chang bo`ronlarining statistik ko`rsatkichlari tahlil qilindi'ning rasmi

Atmosfera havosini chang bilan ifloslanishi bilan bog`liq muammolar Toshkent shahri aholisi uchun dolzarb hisoblanadi.

Tadqiqotda 1981-2021 yillardagi er yuzasidagi kuzatishlar asosida Toshkent-Observatoriya meteorologiya stansiyasida qayd etilgan chang bo`ronlarining statistik ko`rsatkichlari tahlil qilingan.

 Tadqiqot davri uchun chang bo`ronlarining vaqt davomida taqsimlanishining statistik ko`rsatkichlari va xususiyatlari quyidagicha aniqlangan:

  •  1981-2021 yillarda Toshkent shahrida chang bo`ronli 125 kun, shundan 1981-1990 yy. da 53 kun, 1991-2000 yy. da 16 kun, 2001-2010 yy. da 19 kun, 2011-2020 yy. da 16 kun, 2021 y. da 5 kun qayd etilgan;
  •  so`nggi 30 yilda o`n yilliklar bo`yicha chang bo`ronli kunlar soni 1981-1990 yy. dagi o`n yillikka nisbatan 2 martadan ortiqqa kamaygan; 
  • davomiyligi bir soatgacha bo`lgan chang bo`ronlari eng ko`p sodir bo`lgan; 
  • chang bo`ronlari tezligi 2-5 m/s bo`lgan g`arbiy shamollarda eng ko`p paydo bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar