Jizzax viloyati prokuraturasining prokurori pora bilan ushlandi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati xabar berdi.
Jizzax viloyati prokuraturasining bo`lim prokurori Jizzax shahrida yashovchi, 1975 yilda tug`ilgan fuqaroni muqaddam Jinoyat Kodeksining 167-moddasi bilan sudlanganlik holatini o`zining vakolatli hamkasbi orqali olib tashlashni va`da qilgan.
Buning evaziga 1000 AQSh dollari va 1 dona “Samsung Galaxy S24 Ultra” rusumli telefon apparatini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.






