Toshkentda yuk mashinasi urib yuborgan bog`cha bolasi vafot etdi. Bu haqda “Millar” informasion dasturida ma`lum qilindi.
Qayd etilishicha, 11 iyun kuni Toshkent shahar IIBB Navbatchilik qismiga Uchtepa tumani Ko`kcha darvoza ko`chasida yo`l-transport hodisasi yuz bergani to`g`risida xabar kelib tushgan.
“ZiL” haydovchisi xususiy bog`cha qarshisidan harakatlanib ketayotgan vaqtida 2021 yilda tug`ilgan bolani urib yuborgan. Natijada 3 yoshli bola olgan tan jarohatlari sabab vafot etgan.
Guvohning so`zlariga ko`ra, marhum bolakay akasini ko`rib,tarbiyachisining qo`lidan chiqib ketgan.
Haydovchi ham ko`rmagan, chunki u ham shok holatida edi, — deydi guvoh.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






