2024 yilning 11 iyun kuni Toshkent shahar Chilonzor tumani Cho`ponota ko`chasi hududida avtokran ta`mirlash ishlari olib borilayotgan chuqurga tushib ketdi. Sanoat, radiasiya va yadro xavfsizligi qo`mitasi holat yuzasidan rasmiy ma`lumot berdi.
Qayd etilishicha, yuz bergan holatda avtokran haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida ta`mirlash ishlari olib borilayotgan chuqurga yaqin borib qolgan.
Natijada, avtokran o`z og`irligi bilan sirpanishi va ostidagi asfalt er qatlamining o`pirilishi tufayli u bir tomonlama chuqurga tushib qolgan.
Holatda avtokran haydovchisi va hududda ta`mirlash ishlarini olib borayotgan ishchi xodimlar jabrlanmagan.






