12−13 iyun kunlari kuchli yomg`irlar yog`ishi kutilayotgani sababli respublikaning tog`oldi va tog`li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu bo`yicha "O`zgidromet" ogohlantirish berdi.
Hududlar:
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo`rg`on tumanlari;
- Farg`ona viloyati: So`x, Farg`ona, Beshariq tumanlari va Shohimardon;
- Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo`rg`ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo`jaobod, Marhamat tumanlari va Xonobod shahri.
Tog`oldi va tog`li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog`li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko`rishlari so`raldi.
Farg`ona vodiysi hududlari bo`yicha yomg`ir suvlari to`planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin, deb qo`shimcha qilindi xabarda.






