O`zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmatining xabar qilishicha, Toshkent shahri masjidlarida Qurbon hayiti namozi 2023 yil 16 iyun, yakshanba kuni ertalab soat 05:10 da o`qiladi.
Respublikaning boshqa hududlarida esa Qurbon hayiti namozi jome masjidlarda quyidagi vaqtlar tafovutini inobatga olgan holda ado etiladi:
Andijon — 05:00;
Namangan — 05:00;
Farg`ona — 05:00;
Toshkent viloyati — 05:15;
Sirdaryo — 05:15;
Jizzax — 05:30;
Samarqand — 05:20;
Navoiy — 05:25;
Qashqadaryo — 05:25;
Buxoro — 05:30;
Surxondaryo — 05:20;
Xorazm — 05:45;
Qoraqalpog`iston — 05:50.
Ushbu jadvalda ko`rsatilgan vaqtlar quyosh chiqqanidan keyin 15-20 daqiqalik farqni inobatga olib belgilandi.






