AsosiyJamiyat

Bugun Farg`ona vodiysi viloyatlarida yomg`ir yog`ishi kutilmoqda

'Bugun Farg`ona vodiysi viloyatlarida yomg`ir yog`ishi kutilmoqda'ning rasmi

O`zgidromet xabariga ko`ra, bugun kunduzi respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarining tog` oldi va tog`li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuazga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 32-37°, janubda ba`zi joylarda 41° gacha bo`ladi.

Poytaxtda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 32-34° bo`ladi.

Tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 19-24° bo`ladi.

 

    Boshqa yangiliklar