AsosiyJamiyat

Toshkentda tunda uchta mashina ishtirokida ayanchli YTH sodir bo`ldi

'Toshkentda tunda uchta mashina ishtirokida ayanchli YTH sodir bo`ldi'ning rasmi

Joriy yilning 13 iyun kuni soat 01:00 larda Chilonzor tumani  Bunyodkor ko`chasida inson o`limi bilan yakunlangan YTH sodir bo`ldi.

IIBB YHXB xabariga ko`ra, haydovchi 1997 yilda tug`ilgan M.A. boshqaruvida bo`lgan Malibu-2 rusumli avtomashinasi, haydovchi 1992 yilda tug`ilgan A.Z. boshqaruvida bo`lgan Lacetti rusumli avtomashinasi hamda 1991 yilda tug`ilgan P.L. boshqaruvidagi bo`lgan LADA rusumli avtomashinalari ishtirokida yo`l transport hodisasi sodir bo`lgan.

YTH natijasida Malibu-2 avtomashina haydovchisi olgan tan jarohatlari  natijasida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar