AsosiyJamiyat

OTMga kirish test sinovlari 14-28 iyul kunlari o`tkaziladi

'OTMga kirish test sinovlari 14-28 iyul kunlari o`tkaziladi'ning rasmi

 Oliy Majlis Qonunchilik palatasida navbatdagi “Hukumat soati”da deputatlar “Oliy ta`lim tashkilotlariga o`qishga qabul qilish tizimini yanada takomillashtirish, shu jumladan, davlat oliy va professional ta`lim muassasalariga kirish uchun imtihonlarni “avval test, so`ng tanlov” tamoyiliga muvofiq tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlar to`g`risida”gi masalani muhokama qildi. 

Kun tartibidagi ushbu masala yuzasidan oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vaziri Kongratbay Sharipov gapirdi.

Kongratbay Sharipovning qayd etishicha, 2024/2025 o`quv yili uchun bakalavriatga qabul bo`yicha ro`yxatdan o`tishning birinchi bosqichi joriy yil 5 iyun kunidan boshlandi va 25 iyungacha davom etadi. Buning uchun abiturientlarga faqat test sinovlari o`tkaziladigan yo`nalishlarga test topshiradigan fanlar, ta`lim tili, test topshirish hududini tanlash, shuningdek, ijodiy imtihon o`tkaziladigan yo`nalishlarga esa bakalavriat ta`lim yo`nalishi va ijodiy imtihon topshiriladigan oliygohni tanlash imkoniyati yaratildi. 

Ro`yxatdan o`tishning birinchi bosqichi yakunlangandan so`ng, 1-25 iyul kunlari ijodiy imtihonlar, 14-28 iyul kunlari test sinovlari o`tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur tadbirlar bo`yicha vazirlik, Bilim va malakalarni baholash agentligi hamda oliygohlar tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. 

Xususan, abiturientlar ijodiy imtihonda to`plagan balini o`sha kunning o`zida, testda to`plagan balini ertasiga bilishi mumkin bo`ladi. Ijodiy imtihon va test sinovlari to`liq yakunlangandan so`ng, 15 kun davomida ro`yxatdan o`tishning ikkinchi bosqichida abiturientlar test ballaridan kelib chiqib, 5 tagacha oliygoh (yo`nalish), ta`lim shaklini, tanlov ustuvorligini, ijodiy imtihon o`tkazilgan yo`nalishlar uchun esa qo`shimcha ravishda tanlangan yo`nalish bo`yicha yana shuncha oliygohni tanlash huquqiga ega. 
 

 

    Boshqa yangiliklar