Ta`mirlash ishlari tufayli Uchtepa, Yakkasaroy, Mirobod, Yunusobod va Yangihayot tumanlarining qator hududlariga bugun, 13 iyun kuni tabiiy gaz etkazib berish vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz poytaxt” xabar bermoqda.
Unga ko`ra:
Uchtepa tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha) “Tepaqo`rg`on” MFY:
aholi iste`molchilari soni — 450 ta;
ulgurji iste`molchilar soni — 4 ta.
Yakkasaroy tumani (soat 10:00 dan 16:00 gacha) “Damariq” MFY K.Beshyog`och va A.Qahhor ko`chalari:
aholi iste`molchilari soni — 12 ta ko`p qavatli uylardagi 232 ta xonadon;
ulgurji iste`molchilar soni — 3 ta.
Mirobod tumani (soat 10:00 dan 16:00 gacha) Nukus ko`chasi:
aholi iste`molchilari soni — 3 ta ko`p qavatli uylardagi 60 ta xonadon;
ulgurji iste`molchilar soni — 3 ta.
Yunusobod tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha) “Hamkorobod” MFY:
aholi iste`molchilari soni — 100 ta;
ulgurji iste`molchilar soni — 5 ta.
Yangihayot tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha) “Xo`ja Uchqun” MFY Markaziy, Xidoyat, Yoshlar va Daryo bo`yi ko`chalari
aholi iste`molchilari soni — 225 ta erli xonadon;
ulgurji iste`molchilar soni — 4 ta iste`molchilar gazdan uziladi.






