AsosiyJamiyat

“Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo`nalishida qo`shimcha poezdlar harakati qo`yiladi

'“Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo`nalishida qo`shimcha poezdlar harakati qo`yiladi'ning rasmi

Qurbon Hayiti munosabati bilan yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2024 yilning 15, 16, 17 iyun kunlari 775/776-sonli “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo`nalishida “Afrosiyob” elektropoezdining qo`shimcha harakati yo`lga qo`yildi. Bu haqda “O`ztemiryo`lyo`lovchi” AJ matbuot xizmati xabar qildi.

Poezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

775-sonli “Samarqand — Toshkent” yo`nalishi

Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26

776-sonli “Toshkent — Samarqand” yo`nalishi

Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05

Qo`shimcha ma`lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l chiptaxonalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin. Eslatib o`tamiz, chiptalarni nafaqat temir yo`l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilish mumkin: eticket.railway.uz

  

 

    Boshqa yangiliklar