AsosiyJamiyat

Koreya prezidenti O`zbekistonga tashrif buyurdi

'Koreya prezidenti O`zbekistonga tashrif buyurdi'ning rasmi

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Koreya prezidenti Yun Sok Yol rafiqasi Kim Gon Xi bilan birgalikda 13-15 iyun kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatda bo`ladi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Matbuot kotibi xabar berdi. 

Bugun, 13 iyun kuni Koreya prezidenti respublikaga tashrif buyurdi. Oliy martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida O`zbekiston bosh vaziri va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Qisqa suhbatdan so`ng, Koreya prezidenti turmush o`rtog`i hamrohligida o`zlari uchun ajratilgan qarorgohga jo`nab ketdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida bo`lib o`tadigan oliy darajadagi muzokaralarda O`zbekiston–Koreya do`stlik va alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko`rib chiqiladi.

Savdo, innovasiyalar va texnologiyalar almashinuvi, energetika, elektronika va elektrotexnika, kimyo sanoati, qishloq xo`jaligi, infratuzilmaviy rivojlanish va boshqa ustuvor yo`nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari e`tibor markazida bo`ladi. Ta`lim, sog`liqni saqlash, madaniyat, sport va turizm sohalaridagi qo`shma dasturlar muhokama qilinadi.

Shuningdek, mintaqaviy, shu jumladan “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” formatidagi hamkorlik yuzasidan ham fikr almashish rejalashtirilgan.

Sammit yakunlari bo`yicha bir qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar