2024 yil 13 iyun kuni soat 06:30 larda Bulung`ur tumani “Olmazor” MFY hududidan o`tgan M-39 avtomobil yo`lida haydovchi Damas’ni “Toshkent-Samarqand” yo`nalishida boshqarib ketayotib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Cobalt’ning old tomonidan kelib urilgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB xabar berdi.
YTH oqibatda, Damas haydovchisi olgan tan jarohatlari sabab shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.