AsosiySiyosat

Toshkent shahri hokimiga ikki o`rinbosar tayinlandi

'Toshkent shahri hokimiga ikki o`rinbosar tayinlandi'ning rasmi

Baxtiyor Xaydarov va Sanjar Tadjiev Toshkent shahri hokimiga o`rinbosarlar etib tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Baxtiyor Xalimovich Xaydarov hokimning moliya-iqtisodiyot va kambag`allikni qisqartirish masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari bo`ldi. U 1989 yilda Buxoro shahrida tug`ilgan. 2010 yilda Toshkent moliya institutining bakalavriat, 2012 yilda magistratura bosqichlarini tamomlagan.

Shu kunga qadar u Prezident administrasiyasi Ijtimoiy sohada muhim tashabbuslarni ishlab chiqish boshqarmasi boshlig`i lavozimida ishlab kelayotgandi.

2019 yildan buyon poytaxt hokimining birinchi o`rinbosari Xotambek Shokirov bo`lgan.

Sanjar Shuhratovich Tadjiev esa shahar hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikasiyalar masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Tadjiev 1981 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan. 2003 yilda Toshkent davlat Sharqshunoslik institutining bakalavriat, 2006 yilda magistratura bosqichlarida tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2003 yilda boshlagan, Toshkent shahri Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari lavozimida ham ishlagan Shu kunga qadar The Mob MChJda bosh direktor lavozimida ishlagan.

Iyun oyi boshida shahar hokimining turizm masalalari bo`yicha o`rinbosari Faxriddin Davrukov egallab turgan lavozimidan ozod etilgandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar