1

Italiya parlamentida mushtlashuv bo`ldi

Dunyo 14.06.2024, 19:15
Italiya parlamentida mushtlashuv bo`ldi

Italiya parlamentida mintaqaviy muxtoriyat to`g`risidagi qonun loyihasi muhokamasi payti katta mushtlashuv bo`ldi. Bu haqda zamon.uz xabar berdi.

 Deputatlardan biri jarohatlanib, tez yordam mashinasida shifoxonaga olib ketilgan.

Ma`lum qilinishicha, deputat Leonardo Donno edi yig`ilish vaqtida minbarni tark etib, Italiya bayrog`ini avtonom ishlar vaziri Roberto Kalderoli qo`liga topshirmoqchi bo`lgan. Shundan so`ng deputatlar palatasi raisi Lorenzo Fontana Donnoni zaldan olib chiqib ketishlarini talab qildi. Bunga javoban hukmron partiya deputatlari Donnoni o`rab olishdi va natijada janjal katta mushtlashuvga aylanib ketdi.

Mojaro payti Donno yuzidan jarohat olib, yiqilib tushgan. Uni hukmron Liga partiyasidan deputat Igor Lezzi urgan. Shundan so`ng Donno shifoxonaga yuborilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1