1

O`zbekiston elchisi va Polsha TIV rahbari o`rinbosari mehnat migrasiyasi masalalarini muhokama qildi

Dunyo 15.06.2024, 17:04
O`zbekiston elchisi va Polsha TIV rahbari o`rinbosari mehnat migrasiyasi masalalarini muhokama qildi

O`zbekiston elchisi Amirsaid Agzamxodjaev Polsha tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Genrika Moshchiska-Dendis bilan uchrashdi. Bu haqda Dunyo AA xabar berdi.

Suhbat chog`ida konsullik-huquqiy sohadagi O`zbekiston-Polsha munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Avval erishilgan kelishuvlar ijrosi tahlil qilindi. Tomonlar barcha sohalarda o`zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini tasdiqladilar.

Joriy yilda rejalashtirilgan qo`shma tadbirlar, jumladan, ikki davlat TIV konsullik departamentlari o`rtasida 2024 yil noyabr oyida Toshkent shahrida o`tkaziladigan maslahatlashuvlarning birinchi davrasiga puxta tayyorgarlik ko`rish yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar, shuningdek, mehnat migrasiyasi va O`zbekiston fuqarolari uchun viza berish tartibini soddalashtirish masalalariga e`tibor qaratdilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1