1

O`zbekiston Koreya bilan yana bir sohada hamkorlik qiladi

Siyosat 16.06.2024, 11:44
O`zbekiston Koreya bilan yana bir sohada hamkorlik qiladi

Koreya savdo, sanoat va energiya vazirligi bilan O`ta muhim minerallar sohasida sheriklik to`g`risida kelishuv imzolandi. Bu haqda Tog`-kon sanoati va geologiya vazirligi xabar berdi. 

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol o`rtasida bo`lib o`tgan samarali muzokaralar yakunlari bo`yicha ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to`plami qabul qilindi.

Davlat tashrifi doirasida jami 17 ta hujjat, shu jumladan, Tog`-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Koreya Respublikasining savdo, sanoat va energiya vazirligi o`rtasida Kritik minerallarni qazib olish, qayta ishlash va yuqori qo`shilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarish bo`yicha ikki tomonlama Hamkorlik kelishuvi, “KIGAM” bilan raqamlashtirish va ko`chkilar monitoringi bo`yicha Big Data grant loyihasini amalga oshirish yuzasidan Kelishuv hamda “KIGAM”, Kon-geologiya vazirligi hamda Mineral resurslar instituti o`rtasida istiqbolli maydonlarni geologik o`rganish, shu jumladan noyob minerallarni izlash va texnologik tadqiqotlar o`tkazish bo`yicha Kelishuv imzolandi.

Mazkur hujjatlar Koreyaning texnologik va ilg`or kompaniyalari bilan “yashil” kelajakka mo`ljallangan qo`shma loyihalarni jadallashtirishga xizmat qiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1