AsosiyJinoyat

Mashina o`g`risi 15 yilga qamaldi

'Mashina o`g`risi 15 yilga qamaldi'ning rasmi

Termiz shahrida transport vositasini olib qochishda ayblangan o`ta xavfli residivist ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Oliy sud xabar berdi. 
 

1975 yilda tug`ilgan shaxs muqaddam bir necha marotaba sudlangan bo`lishiga qaramasdan, mast holatda haydovchi tomonidan ochiq qoldirilgan mashinani olib qochgan. 

Ish hujjatlarida aytilishicha, fuqaro olib qochilgan Matiz mashinasida YTHga uchragan.

Jinoyat ishlari bo`yicha Termiz tuman sudining hukmiga muvofiq Jinoyat kodeksining 267-moddasida (transport vositasini olib qochish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan o`ta xavfli residivist 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

    Boshqa yangiliklar