Germaniya hukumati O`zbekiston mas`ullari bilan mamlakatdan majburan chiqarib yuboriladigan afg`onlar masalasida muzokara olib bormoqda. Bu haqda “Der Spiegel” nashri xabar berdi.
Xabarga ko`ra, joriy yil may oyida Germaniya ichki ishlar vazirligi delegasiyasi Toshkentga muzokara uchun kelgan. Rasmiy Berlin deportasiya qilinishi lozim bo`lgan afg`onlarni avval Toshkentga yuborib, so`ngra xususiy aviashirkat uchoqlarida Kobulga jo`natish niyatida.
Afg`on qochqinlarini majburan vataniga qaytarish amaliyotida O`zbekiston bilan hamkorlik qilinayotgani sababi Germaniya hukumatining Tolibon ma`muriyati bilan to`g`ridan-to`g`ri muloqotdan qochayotganidir. O`zbekiston hukumati bilan bu boradagi muzokaralarga Germaniya ichki ishlar vaziri Nensi Fezer boshchilik qilmoqda.
Olmon matbuotiga ko`ra, rasmiy Toshkent Berlin tashabbusini qo`llab-quvvatlagan. Buning evaziga Germaniyadan O`zbekiston fuqarolari uchun mehnat muhojirligini qulaylashtiruvchi bitim tuzish talab qilingan.
Germaniya delegasiyasi Toshkentda may oyida o`tkazilgan muzokaralarni konstruktiv deb baholagani aytilmoqda