1

Toshkentda o`zganing plastik kartasidan 110 mln so`m o`g`irlagan shaxslar ushlandi

Jamiyat 17.06.2024, 18:05
Toshkentda o`zganing plastik kartasidan 110 mln so`m o`g`irlagan shaxslar ushlandi

Toshkent shahrida yashovchi 28 yoshli ayol N.A. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, bank kartasidan jami 110 mln so`m miqdoridagi pul mablag`lari noma`lum shaxs tomonidan firibgarlik yo`li bilan o`zlashtirilganini ma`lum qilgan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, o`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi X.R. sodir etgani aniqlangan.

Unga ko`ra, X.R., jabrlanuvchi N.A.ning qo`l telefoniga qo`ng`iroq qilgan va o`zini Click xizmati xodimi sifatida tanishtirib, uning bank plastik kartasiga kiberhujum bo`layotganini aytib, SMS-xabarnoma yuborish orqali boshqaruv huquqini qo`lga kiritib, 110 mln so`m miqdoridagi pullarni o`tkazib olgani ma`lum bo`ldi.

Mazkur holat yuzasidan X.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o`g`rilik) 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1