Qozog`iston hududidan o`tgan Atirau-Dossortrassasida 3 ta avtomobil ishtirokida yirik YTH sodir bo`ldi.
Mazkur hodisa joriy yilning 15 iyun kuni ertalabki soat taxminan 6:30 larda sodir bo`lgan. Atirau viloyati polisiya departamenti xabariga ko`ra, YTHda KamAZ, PAZ32053 va Daewoo Nexia avtomashinalari ishtirok etgan.
“Hodisada Daewoo Nexia haydovchisi bo`lgan 1973 yilda tug`ilgan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida halok bo`lgan”, — deyiladi xabarda.