O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anieva onasi Tamara Shokirovani xotirladi.
“Yana uyimizda sizning joyingiz bo`m-bo`sh,
Ishdan qaytganimda eshik ochmaysiz.
Jilmayasiz, uyg`onib ketaman, tush...
Bilaman hech qachon bizdan kechmaysiz.
Olislardan kuzatib turasiz jim,
Qutqarasiz bizni qayg`u, xatardan.
Mangu farishtamsiz, bilar yuragim,
Oyi, uchrashamiz endi mahsharda...”,—deb yozdi Rayhon onasining suratini Instagram`dagi sahifasiga joylashtirib.
Eslatib o`tamiz, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist, taniqli aktrisa Tamara Shokirova 2012 yilning 22 fevralida uzoq davom etgan kasallikdan so`ng vafot etgan. Rayhon o`sha paytda “Istiqlol” san`at saroyida yakkaxon konsert dasturini taqdim etayotgan edi. Quvonchli kunida onasining vafot etishi Rayhonga qattiq zarba bo`lgan edi...