1

Qirg`izistonda ekin maydonlarini chigirtka bosdi

Dunyo 18.06.2024, 15:13
Qirg`izistonda ekin maydonlarini chigirtka bosdi

Qirg`izistonda 54,7 ming gektardan ortiq ekin maydonlari chigirtka bosqinidan zarar ko`rdi. Bu haqda Suv resurslari, qishloq xo`jaligi va qayta ishlash sanoati vazirligi xabar berdi.

Mutaxassislar tomonidan jami 76 210 gektar maydon ko`zdan kechirilgan. 

"Chigirtkalar o`simliklar zararkunandalari orasida xavfli bo`lgani sababli ularni yo`q qilish uchun respublika byudjetidan tegishli mablag`lar ajratiladi", — deyiladi xabarda.
Mutaxassislar prognoziga ko`ra, 2024 yilda chigirtkalardan zarar ko`rgan maydon 65 mingdan 90 ming gektargacha etishi mumkin. Zararkunandalarga qarshi kurashish uchun maxsus texnika va pestisidlar tayyorlangan.

Bu yil avvallari qayd etilmagan hududlarda chigirtkalar bosqini ko`paydi. Bu bahordagi qulay ob-havo sharoiti bilan bog`liq. Qirg`izistonda chigirtkalarning 50 dan ortiq turi uchraydi. Qishloq xo`jaligi uchun eng xavfli bo`lganlari Marokash va Italiya chigirtkalaridir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1