AsosiyJinoyat

18 va 12 yoshli opa-cingillar amakisi tomonidan jinsiy zo`ravonlikka uchradi

'18 va 12 yoshli opa-cingillar amakisi tomonidan jinsiy zo`ravonlikka uchradi'ning rasmi

Joriy yilning 6 iyun kuni Bolalar ombudsmaniga 2000 yilda tug`ilgan A.A. (ayol) dan murojaat kelib tushdi. Bu haqda Bolalar ombudsmanining ma`lum qildi.

Murojaatida onasi va otasi vafot etganligi, u 2006 yilda tug`ilgan I.A. va 2012 yilda tug`ilgan S.R. ismli singillari uchun eng yaqin qarindosh bo`lsada, qizlar amakisi R.R. ning vasiyligiga berilganligini, amakisi R.R. esa qizlarni Qozog`istonga o`z yashash manziliga olib ketganligini, hozirda u qizlarga uyatsiz buzuq harakatlar sodir etayotganligini bildirgan.

Ayol o`z singillariga jinsiy zo`ravonlik sodir etayotgan amakisiga nisbatan qonuniy chora ko`rishni hamda singillarini O`zbekistonga qaytarish hamda eng yaqin qarindosh ekanligi sababli qizlarga uni qonuniy vakil etib tayinlanishida amaliy yordam so`ragan.

Bolalar ombudsmanining IIVga va TIV orqali O`zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsuliga yuborgan so`rovi asosida idoralarning tizimli va o`zaro tezkor choralari natijasida joriy yilning 8 iyun kuni I.A. va S.R. lar amakisining uyidan polisiya va vasiylik organi tomonidan olib ketilib, murakkab ijtimoiy vaziyatlarga tushib qolgan bolalarni qo`llab-quvvatlash Olmaota shahri adaptasiya markaziga joylashtirildi. Hozirda qizlarga barcha zaruriy ijtimoiy-psixologik ko`mak ko`rsatilmoqda.

Shuningdek, Bolalar ombudsmani so`rovi asosida O`zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulining tezkor choralari natijasida Qozog`iston huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan A.A. prosessual tartibida ushlanib, unga nisbatan Qozog`iston Jinoyat kodeksi 121-moddasi, 3-1 qismi, 1-bandi (jinsiy xarakterdagi zo`ravonlik harakatlari) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi. 17 iyun kuni sud tomonidan R.R.ga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo`llanildi.

Qayd etilishicha, hozirda qo`zg`atilgan jinoyat ishiga jabrlanuvchi sifatida jalb qilingan voyaga etmagan I.A. va S.R. larning qonuniy manfaatlarini jinoyat ishi yurituvi davomida himoya qilish maqsadida Bolalar ombudsmani o`zining xorijiy hamkasbi, Qozog`iston Bolalar ombudsmani bilan qizlarga barcha zaruriy himoya choralarini ko`rsatish yuzasidan muzokara olib borib, hozirda qizlarga tegishli ko`mak ko`rsatish jarayoni boshlandi.

Shuningdek, Bolalar ombudsmani, IIV va TIV tomonidan voyaga etmagan I.A. va S.R. larga nisbatan vasiy tayinlash va (tergov yakunidan so`ng) O`zbekistonga qaytarish choralari ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar