AsosiyDunyo

O`zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchisi vafot etdi

'O`zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchisi vafot etdi'ning rasmi

O`zbekistonning Koreyadagi favqulodda va muxtor elchisi Vitaliy Vasilevich Fen vafot etdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma`lum qildi.

“Vitaliy Fen butun umrini Vatanimizga xizmat qilishga bag`ishlagan atoqli davlat arbobi, sport ustasi va professional diplomat edi. U 25 yil davomida O`zbekistonning Seuldagi diplomatik vakolatxonasini boshqardi hamda O`zbekiston va Koreya Respublikasi o`rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga ulkan hissa qo`shdi. Uning ko`p yillik faoliyati O`zbekiston-Janubiy Koreya aloqalarining mustahkamlanishida o`chmas iz qoldiradi.

Vitaliy Vasilevich Fen “Fidokorona xizmatlari uchun” va “Mehnat shuhrati”, shuningdek, Janubiy Koreyaning “Gvangxva” ordenlari bilan taqdirlangan”, — deyiladi vazirlik xabarida.

    Boshqa yangiliklar