Jizzax shahrida fuqaroni AQShga ishlashga yuborishini aytib, Janubiy Afrikaga yuborgan shaxs qo`lga olindi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Jizzax shahrining “Xayrobod” mahallasida yashovchi I.M. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, o`g`li M.T.ni Sharof Rashidov tumanining “Xayrobod” mahallasida istiqomat qiluvchi A.Y. Amerikaga ishlashga yuborishini aytib, 14,3 ming dollar olgani, lekin farzandini Janubiy Afrikaga jo`natganini bildirgan.
Shuningdek, arizachi o`g`li M.T. Afrikada chorasiz qolib ketgani, o`z navbatida A.Y. undan vaziyatni o`nglash uchun yana 6,7 ming dollar talab qilayotganini bayon etgan.
Mazkur murojaat asosida tezkor tadbir o`tkazilib, 6,7 ming dollarni olgan A.Y. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






