AsosiyJamiyat

Haj ziyoratiga borgan 577 kishi jaziramada vafot etdi

'Haj ziyoratiga borgan 577 kishi jaziramada vafot etdi'ning rasmi

Saudiya Arabistonida Haj ziyoratini amalga oshirayotgan paytda halok bo`lganlar soni 577 nafarga etdi. Bu haqda Agence France-Presse xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, vafot etganlarning 323 nafari misrliklar bo`lgan. Ular jazirama issiq tufayli vafot etgan. Faqat bir misrlik tiqilinchda qolib, olgan jarohatlari oqibatida olamdan o`tgan.

Nashrga ma`lumot berganlarga ko`ra, halok bo`lganlarning kamida 60 nafari — iordaniyaliklar, 23 nafari — Turkiya fuqarolari.

Qurbonlar soni haddan ziyodligiga Haj ziyoratiga noqonuniy kelganlar soni juda ko`pligi ham sabab qilib ko`rsatilmoqda. Buning oqibatida ziyoratchilar lagerlarida tartibsizliklar yuzaga kelgan, qutqaruvchilar o`z vaqtida yordam ko`rsata olmagan, dedi misrlik Haj ziyorati amallarini nazorat qiluvchi amaldor. Uning aytishicha, ziyoratchilar uzoq vaqt suv va ovqatsiz qolib ketishgan, kondisionerlar ishlamasligi tufayli ko`plar issiqda jon bergan.

Saudiya Arabistoni milliy meteorologiya markazi ma`lumotiga ko`ra, 17 iyun sanasida Makkadagi Katta massjidda 51,8 daraja issiq qayd etilgan.

    Boshqa yangiliklar