AsosiyJamiyat

Toshkentning ikki tumani “svet”dan uzildi

'Toshkentning ikki tumani “svet”dan uzildi'ning rasmi

Bektemir va Yakkasaroy tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta`minoti vaqtincha to`xtatildi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari“ matbuot xizmati   xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, iste`molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi etkazib berilishini ta`minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta`mirlash ishlarini olib borish maqsadida bugun, 19 iyun kuni quyidagi manzillarda elektr ta`minoti vaqtincha o`chirildi:

• Bektemir tumani — “Iyik ota”MFYning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 18:00 gacha;

• Yakkasaroy tumani — “Rakatboshi”MFYning ayrim hududlarida bugun soat 10:00 dan 15:00 gacha.

O`z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta`mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.

Toshkent shahar elektr tarmoqlari”MChJ mazkur ta`mirlash ishlari tufayli elektr ta`minotidagi vaqtincha uzilishlar sababliy etkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste`molchilardan uzr so`raydi.

    Boshqa yangiliklar