AsosiyDunyo

Germaniya hukumati Evro-2024dagi ehtimoliy teraktdan ogohlantirdi

'Germaniya hukumati Evro-2024dagi ehtimoliy teraktdan ogohlantirdi'ning rasmi

Germaniya Crocus City Hall konsert zalidagi hujumga o`xshash yirik teraktga duchor bo`lishi mumkin. Bu haqda BBC News  xabar berdi.

“Evropa, xususan Germaniya IShID  va IShID-K (IShIDning afg`on qanoti, shuningdek, Viloyat Xuroson nomi bilan ham tanilgan)ning ehtimoliy terakti xavfi ostida qolmoqda, deydi Germaniya Ichki ishlar vazirligi rahbari Nensi Fayzer.

Germaniya Konstitusiyasini himoya qilish federal idorasi (aksil razvedka xizmati) rahbari Tomas Xaldenvang IShID-Xurosonni "eng xavfli guruh" deb atadi. 

"Mumkin bo`lgan ssenariy yaqinda Moskvada ko`rganimiz kabi keng ko`lamli muvofiqlashtirilgan hujumdir", dedi u.

Eslatib o`tamiz, Moskvadagi terakt 22 mart kuni kechqurun sodir bo`ldi. Qurollangan odamlar binoga bostirib kirib, o`t ochgan, binolarga o`t qo`ygan va g`oyib bo`lgan. Oqibatda 145 kishi halok bo`ldi, 550 dan ortiq kishi tan jarohati oldi, konsert zali butunlay yonib ketdi. Hodisa uchun javobgarlikni IShID o`z zimmasiga oldi.

Germaniya rasmiylarining fikricha, 14 iyundan 14 iyulga qadar Berlin, Kyoln, Frankfurt-na-Mayn, Gelzenkirxen, Gamburg, Leypsig, Myunxen, Shtutgart va Dortmund shaharlarida bo`lib o`tadigan futbol bo`yicha Evropa chempionati terrorchilar uchun nishon bo`lishi mumkin. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar