AsosiyJamiyat

Toqqa sayr qilishga chiqqan 4 nafar fuqaro yo`lda adashib qoldi

'Toqqa sayr qilishga chiqqan 4 nafar fuqaro yo`lda adashib qoldi'ning rasmi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruchilari tomonidan Bo`stonliqda adashib qolgan fuqarolarga amaliy yordam ko`rsatildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Bo`stonliq tumanidagi “Kichik Oqsoy” tog`iga sayr qilish maqsadida borgan 4 nafar fuqaro yo`ldan adashib qolgani va ularga yordam zarurligi to`g`risida xabar tushgan.

Xabarga asosan Chimyon yong`in-qutqaruv otryadining bir guruh qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga etib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini amalga oshirgan. Olib borilgan sa`y-harakatlar natijasida yo`ldan adashgan fuqarolar “Kichik Oqsoy” tog`ining, dengiz sathidan 2000 metr balandlikda ekani aniqlanib, sog`-salomat xavfsiz hududga olib tushilgan.

    Boshqa yangiliklar