AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 1-sinfga onlayn qabul qachondan boshlanishi ma`lum bo`ldi

'O`zbekistonda 1-sinfga onlayn qabul qachondan boshlanishi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

O`zbekistonda 1-sinfga onlayn qabul elektron tizimi 12:00 da ishga tushiriladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

”2024-2025-o`quv yilida farzandingizni umumta`lim maktabining 1-sinfiga joylashtirish uchun my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro`yxatdan o`tib, ariza topshirishingiz mumkin. Shuni eslatib o`tish joizki, dastlab joriy yilning 20 iyun sanasidan 31 iyuliga qadar faqat mikrohudud doirasida arizalar qabul qilinadi”, — deyiladi xabarda.

Qabul jarayonlari bo`yicha qo`shimcha ma`lumotlarni @mymaktab_uz telegram kanali yoki 71 203-07-04 telefon raqami orqali olish mumkin.

    Boshqa yangiliklar