Samarqandda ruxsat etilmagan binolarga qarshi kurash doirasida besh qavatli bino buzib tashlandi. Bu haqda shahar hokimi o`rinbosari Feruz Najmiddinov xabar berdi.
U o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida uy olmoqchi bo`lgan aholiga murojaat qildi.
”Noqonuniy qurilish qilib, o`zizga va boshqalarga ham moddiy, ham ma`naviy zarar etkazmang.
Hurmatli fuqarolar uy-joy xarid qilishdan oldin o`sha tanlagan qurilishni qonuniyligini albatta o`rganing yoki qurilish boshqarmasidan qurilish haqida malumot oling”, — deydi Feruz Najmiddinov.






