AsosiyJamiyat

Davlat mulkini ijaraga berish tartibini buzganlar jarimaga tortiladi

'Davlat mulkini ijaraga berish tartibini buzganlar jarimaga tortiladi'ning rasmi

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga qo`shimchalar kiritildi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Unga ko`ra, davlat mulkini belgilangan tartibda ijara shartnomasini tuzmasdan ijaraga berish, ijaraga olingan davlat mulkini qabul qilib olishda, ijara munosabatlarining ob`ekti hududiga kirishda va undan foydalanishda ijaraga oluvchiga asossiz ravishda to`sqinlik qilish yoki ijaraga berilayotgan davlat mulkining parametrlari va sonini ijara shartnomasida noto`g`ri ko`rsatgan holda davlat mulkini ijaraga berish:

  • mansabdor shaxslarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (3 million 400 ming so`mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo`lishi;

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma`muriy jazo chorasi qo`llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo`lsa:

  • mansabdor shaxslarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (5 million 100 ming so`mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo`lishi belgilandi.
  •  

Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.

    Boshqa yangiliklar