AsosiySiyosat

Prezident raisligida videoselektor yig`ilishi boshlandi

'Prezident raisligida videoselektor yig`ilishi boshlandi'ning rasmi

Prezident raisligida muhandislik kadrlarini tayyorlash tizimidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig`ilishi boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yig`ilishda 36 ta oliygoh rektorlari ham qatnashmoqda.

Davlatimiz rahbari bugungi murakkab vaziyatda barcha davlatlar ichki resurslarga tayanib, innovasiyaga intilayotganini qayd etdi.

Mamlakatimizda ham so`nggi yillarda ilm, ta`lim va innovasiyaga e`tibor tubdan o`zgardi.

Masalan, o`tgan to`rt yilda 1 ming 727 ta amaliy, innovasion, fundamental va startap loyihalarga 2,2 trillion so`m yo`naltirildi. Shundan muhandislik-texnika yo`nalishidagi 176 ta loyihaga 152 milliard so`m berilgan.

Tadqiqot, tajriba-konstruktorlik uchun xarajatlar 2 barobar o`sgan. Bu mablag`larning 41 foizi davlat ulushi bor korxonalarga, 34 foizi xususiy sektorga va 25 foizi oliygohlarga to`g`ri kelgan.

Shu bilan birga, oliygohlar fundamental tadqiqotlar o`tkazish bilan cheklangani, iqtisodiyot uchun amaliy ishlanmalar juda kamligi ko`rsatib o`tildi.

Muhandislik yo`nalishida yuzlab startap va innovasion loyihalar amalga oshmay qolib ketayotgani qayd etildi.

Sababi – oliygoh bilan sanoat o`rtasida uzilish bor. Rektorlar korxonalarga borib, yangi texnologiyalar bilan tanishmayotgani, uskuna va dastgohlarni o`rganmayotgani, hokim va vazirlar esa o`rtada ko`prik bo`lib, buni tashkillashtirmayotgani haqida qat`iy e`tiroz bildirildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar