AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida 60 yoshli erkak 6 yoshli qizga uyatsiz harakatlar qildi

'Toshkent viloyatida 60 yoshli erkak 6 yoshli qizga uyatsiz harakatlar qildi'ning rasmi

Bolalar ombudsmaniga jamoatchilik faollariga murojaat qilgan Toshkent viloyati Nurafshon shahrida yashovchi fuqaro E.N. ning murojaati kelib tushdi.

Unda aytilishicha, joriy yilning 11 iyun kuni E.N.ning qo`shnisi, 1964 yilda tug`ilgan S.Sh. 2018 yilda tug`ilgan qizi M.K. ga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etgan.

Mazkur holat Bolalar ombudsmani nazoratiga olindi

O`tkazilgan tergovga qadar tekshiruv doirasida bolaga nisbatan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlandi.

19 iyun kuni Nurafshon shahar IIB Tergov bo`linmasi tomonidan S.Sh. ga Jinoyat kodeksi 129-moddasi  2-qismi (O`n olti yoshga to`lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Bugun, 20 iyun kuni sudga S.Sh. ga nisbatan qamoq ehtiyot chorasini qo`llash to`g`risida iltimosnoma kiritildi.

Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtai nazaridan mazkur jinoyat ishi bo`yicha o`z vakolatlari doirasida kuzatuvni davom ettiradi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar