Urganch-Xonqa avtomobil yo`lida piyodaning o`limiga sabab bo`lgan YTH sodir etib, tenrgovdan yashirinib yurgan haydovchi qidirilmoqda. Bu haqda Xorazm viloyati IIB xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, 2024 yil 18 iyun kuni soat taxminan 01:45 da Urganch-Xonqa avtomobil yo`lining 3-kilometrida yo`l chekkasida piyoda harakatlanib borayotgan, Xonqa tumanining «Bunyodkor» mahallasida yashagan, 1989 yilda tug`ilgan X.Egamberdievni noma`lum avtomashina urib yuborgan va haydovchi birinchi tibbiy yordam ko`rsatmasdan hodisa joyidan qochib ketgan.
X.Egamberdiev esa olgan og`ir tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etgan.
Xozirgi kunda yo`l-transport hodisasini sodir etgan haydovchi va unga tegishli avtomashinani aniqlash va ushlashga qaratilgan qidiruv-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Viloyat IIB jinoyatni fosh etishda yaqindan yordam bergan shaxs 10 mln so`m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanishini hamda unga tegishli ma`lumotlar sir saqlanishini aytmoqda.
Ushbu yo`l-transport hodisasini sodir qilgan shaxs to`g`risida biron-bir ma`lumotga ega bo`lgan fuqarolardan esa 102; 62 220-40-14; 97-602-02-22; 90-713-08-13 raqamli telefonlar orqali xabar berishlari so`ralyapti.






