AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 22 iyun kuni o`zgaruvchan ob-havo bo`lishi kutilmoqda

'O`zbekistonda 22 iyun kuni o`zgaruvchan ob-havo bo`lishi kutilmoqda'ning rasmi

“O`zgidromet” 22 iyun, shanba kuni kuzatiladigan ob-havo haqida ma`lumot berdi.

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli, vaqti-vaqti bilan o`zgaruvchan bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi, kunning ikkinchi yarmida 12-14 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

  • Harorat kechasi 23-25 daraja, kunduzi 36-38 daraja bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli, ba`zi joylarda o`zgaruvchan bo`ladi, kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin.

  • Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba`zi joylarda o`zgaruvchan bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyatining shimolida kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin.

  • Harorat kechasi 25-30 daraja, kunduzi 36-41 daraja bo`ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba`zi joylarda o`zgaruvchan bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin.

Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba`zi joylarda o`zgaruvchan bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin.

  • Harorat kechasi 23-28 daraja, kunduzi 36-41 daraja bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba`zi joylarda o`zgaruvchan bo`ladi, kunning ikknchi yarmida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 metr/sekund gacha kuchayishi mumkin.

  • Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 metr/sekund gacha kuchayishi mumkin.

  • Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar