AsosiyJamiyat

Bugun Mo`g`uliston Prezidenti Toshkentga keladi

'Bugun Mo`g`uliston Prezidenti Toshkentga keladi'ning rasmi

Bugun Mo`g`uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux davlat tashrifi bilan Toshkentga keladi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Mo`g`ulistonning "MONSAME" davlat axborot agentligi xabariga ko`ra, tashrif chog`ida Mo`g`uliston Prezidenti Prezident Shavkat Mirziyoev va O`zbekistonning boshqa rasmiy shaxslari bilan muzokaralar o`tkazadi.

Ushbu davlat tashrifi ikki mamlakat o`rtasida 1992 yilda diplomatik munosabatlar o`rnatilganidan buyon amalga oshiriladigan birinchi oliy darajadagi tashrifdir, deya ta`kidlaydi "MONSAME" agentligi.

Toshkentdagi sammit yakunlari bo`yicha hukumatlararo va idoralararo hujjatlar to`plamini qabul qilish ko`zda tutilgan. Davlat tashrifi doirasida ikki mamlakat rahbarlarining etakchi kompaniyalar va ishbilarmon doiralar vakillari bilan uchrashuvi hamda qator boshqa ikki tomonlama tadbirlar o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Mo`g`uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Xiva shahriga ham tashrif buyurib, xalqimizning boy madaniy-tarixiy merosi bilan tanishadi.

    Boshqa yangiliklar