AsosiyJamiyat

YTHda jabrlanganlarga birinchi yordam ko`rsatish tartibi tasdiqlanadi

'YTHda jabrlanganlarga birinchi yordam ko`rsatish tartibi tasdiqlanadi'ning rasmi

«Yo`l transport hodisalarida jabrlangan shaxslarga tibbiy yordam ko`rsatilishini tashkil etish to`g`risida»gi idoralararo buyruq loyihasi muhokamaga qo`yildi.

Hujjat loyihasi bilan yo`l-transport hodisalarida jabrlangan shaxslarga ko`rsatiladigan tibbiy yordam hodisa yuz bergan joyning o`zida tibbiyot xodimlari etib kelguniga qadar birlamchi shoshilinch yordam (birinchi tibbiy yordam) ko`rsatish tartibi tasdiqlanmoqda.

Birlamchi shoshilinch yordam voqea joyida birinchi tibbiy yordam ko`rsatish bo`yicha maxsus tayyorgarlikdan o`tgan shaxslar tomonidan ko`rsatiladi. Bunda birlamchi shoshilinch yordam ko`rsatish uchun transport vositasining salonida turishi shart bo`lgan zarur tibbiy ashyolardan foydalaniladi.

Birinchi tibbiy yordam ko`rsatish bo`yicha maxsus tayyorgarlikdan o`tgan quyidagi shaxslar kiradi:

  • ichki ishlar xodimlari;
  • harbiy xizmatchilar;
  • Milliy gvardiya xodimlari;
  • Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruvchilari;
  • avtotransport haydovchilik guvohnomalari mavjud shaxslar.

 

    Boshqa yangiliklar