Samarqand viloyatida skuterda katta yo`lda harakatlanib ketayotgan 7 yoshli qizaloq va uning ikki nafar ukasi YHXB xodimlari tomonidan ota-onasiga sog`-omon topshirildi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Hodisa 2024 yil 23 iyun kuni Samarqand tumani hududida sodir bo`lgan.
YPX xodimlari M-37A xalqaro avtomobil yo`li bo`ylab o`z xizmat manziliga ketayotganda yosh qizalok ikki nafar ukasini mindirib olgan holda skuter boshqarib ketayotganini ko`rib qolishgan.
So`ng qizaloqlarning manzilini aniqlab, ularni ota-onasiga olib borib topshirishgan. Surishtiruvda, skuter boshqarayotgan qizaloq 7, ukalari esa 5 va 2 yoshda yoshda ekani ma`lum bo`lgan.
“Hurmatli ota-onalar, turli transport vositalarini qarovsiz qoldirmang, voyaga etmagan bolalarga skuter yoki boshqa transportlarni boshqarishga bermang”, deyiladi xabarda.






