AsosiyJamiyat

Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tashkil etiladi

'Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tashkil etiladi'ning rasmi

“Maktabgacha va maktab ta`limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident Qarori (PQ-231-son, 21.06.2024 y.) qabul qilindi. Bu 

Qarorga ko`ra, Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o`rgatish milliy-tadqiqot instituti negizida A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti (Institut) hamda uning Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarda pedagogikmahorat markazlari tashkil etiladi.

Toshkent shahar pedagoglarni yangi metodikalarga o`rgatish milliy markazi hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tasarrufidagi Respublika pedagogik ta`lim resurs markazi faoliyati ularni Institutga qo`shish orqali tugatiladi.

 Institut tuzilmasida Xalqaro tadqiqotlar markazi tashkil etiladi.

 Shuningdek, 2024/2025 o`quv yilidan maktabgacha va maktab ta`limi tashkilotlari rahbar, pedagog va mutaxassis kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yaxlit tizimi joriy qilinadi. 

 Bunda: 

  • Maktabgacha ta`lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi bo`ysunuviga o`tkaziladi;
  • maktabgacha ta`lim tashkilotlarining pedagog va mutaxassis kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish bo`yicha “Virtual kasbiy rivojlantirish” elektron dasturi joriy etiladi.

    Boshqa yangiliklar