AsosiyJamiyat

“Farzand tarbiyasida ota-onaning mas`uliyati” haftaliklari o`tkaziladi

'“Farzand tarbiyasida ota-onaning mas`uliyati” haftaliklari o`tkaziladi'ning rasmi

“Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutini tashkil etish to`g`risida”gi Prezident Qarorga muvofiq, 2024/2025 o`quv yilidan:

  • umumiy o`rta ta`lim muassasalarida “Farzand tarbiyasida ota-onaning mas`uliyati” mavzusida tarbiya haftaliklari o`tkaziladi;
  • ota-onalarning farzand tarbiyasi borasidagi bilimini oshirishga qaratilgan “Namunali ota-onalar maktabi” loyihasi amalga oshiriladi.

2024 yil 1 dekabrgacha:

  • o`quvchilarda “huquqbuzarlikka qarshi immunitet”ni shakllantirishda “maktab – ota-ona – mahalla” hamkorligi zanjirini yaratish bo`yicha ilmiy asoslangan o`quv va ommabop uslubiy tavsiyalar ishlab chiqiladi;
  • ota-onalarning farzand tarbiyasiga oid dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan xalqchil tildagi adabiyotlar yaratiladi.

2024 yil dekabr oyida “Tarbiya – shaxs madaniy-ma`naviy kamolotining mezoni” mavzusida xalqaro forum o`tkaziladi. 

2025 yil yakunigacha ota-onalar, o`qituvchilar va o`quvchilar uchun yoshlar tarbiyasiga oid raqamli kontentlarni joylashtirish maqsadida “milliytarbiya.uz” elektron platformasi va uning mobil versiyasi ishlab chiqiladi.

    Boshqa yangiliklar