AsosiyJamiyat

Yuridik akademik liseylarga qabul davom etmoqda

'Yuridik akademik liseylarga qabul davom etmoqda'ning rasmi

 2024/2025-o`quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi M.C.Vosiqova nomidagi  hamda Namangan va Samarqand viloyat akademik liseylariga umumiy o`rta ta`lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari tomonidan https://litsey.uzbmb.uz portali orqali hujjatlarni onlayn topshirish davom etmoqda. 

 Taqdim etiladigan hujjatlar:

  •  Ariza;
  •  Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (tug`ilganlik haqidagi guvohnoma, pasport yoki ID karta nusxasi);
  •  3.5x4.5 o`lchamdagi rangli rasm (oq fonda).

Hujjatlarni onlayn qabul qilish 10 iyulga qadar (shu kuni ham soat 24:00 ga qadar) davom etadi.

 Ayni paytda abiturientlarni qiziqtirgan savollariga tezkor javob berish maqsadida "Call-center" tashkil etilgan.

 Murojaatlar uchun:

  • M.C.Vosiqova nomidagi akademik lisey +99871 241-72-44;
  • Namangan viloyat akademik liseyi +998 69 233-07-20; 
  • Samarqand viloyat akademik liseyi +998 66 240-94-15.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar